

"Har qancha harakat qilmaylik raqibdan ochko ololmadik. Yigitlarim ajoyib o'ynashdi. Birinchi bo'limda atayin ustunlikni raqibga berdik va qarshi hujumda o'ynashga urindik. Biroq bizga sovuqqonlik yetishmadi. Paslar xato bo'laverdi. Ikkinchi bo'limda ham himoyada o'ynadik. Afsuski kerak bo'lmagan gollar o'tkazib yubordik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Aleksandr Xomyakov.



