Aleksandr Xomyakov: "Bir nechta poziciyani kuchaytiramiz"

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2023, 14:53
Bugun "Andijon" "Andijon"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bahsda andijonliklar kichik hisobda g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakovni suhbatga tortdik.

- Yana "Andijon"dasiz. O'zingizni qanday his etyapsiz?

- Yana ish joyimga qaytdim. Jamoada o'zgarishlarga qo'l urilyapti. Ikki so'z bilan aytganda, baxtliman. 

- "Andijon"ga qaytganingizda qandaydir o'zgarishni sezdingizmi?

- Asosiy vazifamiz jamoa o'zagini saqlab qolish edi. Yangi mavsumda Superligada o'ynaymiz. Bir nechta poziciyani kuchaytiramiz. Tez orada yangi nomlarni bilib olasiz. 

- "Andijon"ning yangi mavsum uchun maqsadi?

- Hozircha rejalarni rahbariyat bilan muhokama qilmadik. Qaysi hududda ekanligimiz va qanday muxlislarimiz borligini bilasiz. Ularni natija bilan xursand qilishga urinamiz.

- Jamoa Pro ligada chempion bo'ldi, muxlislar ko'p narsani kutadi...

- Buni yaxshi tushunib turibmiz. Mas'uliyatni his qilib turibmiz. Reja bo'yicha ish yuritamiz.

- Yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?

- Tez orada ayrim poziciyalarni kuchaytiramiz. Umuman olganda, jamoa o'zagini saqlab qolish niyatimiz bor. 

- "Andijon"ning boshqa jamoalar bilan transferlarini solishtirsak, holat qanaqa?

- Rahbariyat va murabbiylar almashdi. Sekin-asta hammasi joy joyiga tushadi. 

- Bugungi bahs borasida nima deysiz?

- Anomal sovuq bo'lganiga qaramasdan, kurashlarga boy bahs bo'ldi. Maydon o'yin o'tkazish uchun juda yaxshi holatda edi. Bu uchun "Chig'atoy" maydoni xodimlariga rahmat. Shaharda 2-3 ta stadion qordan tozalangan, shuning uchun ularni etirof etish kerak. Bahsda jarohatlar bo'lmadi, bu esa xursand qildi.

- "Andijon" Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazadi. Legionerlar kelib qo'shiladimi?

- Siz hammasini bilasiz (kuladi). Ha, bir nechta legionerlarni jalb qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia