

- Biz uchun og'ir uchrashuv bo'lishini bilardik. Chunki “Andijon” jamoasi bungacha ochkosiz edi. O'z navbatida biz ham hali g'alaba qo'lga kiritmagandik. Shu sababli o'yin oson kechmasdi va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Kutilganidek, dastlabki daqiqalardan muxlislar bosimi ostida mezbonlar hujumga zo'r berishdi. Himoyaga e'tibor qaratgan holda qarshi hujumda to'p surishga harakat qildik. Bugungi o'yinlari uchun shogirdlarimdan minnatdorman. Ular bugun yahlit jamoa bo'lib bir maqsad yo'lida g'alaba uchun kurash olib borishdi. Andijonga uch ochkoni qo'lga kiritish maqsadida kelgandik va yakunda bunga erisha oldik. Bundan albatta xursandman. Andijonda g'alaba qozonishimizni tasodif deb hisoblamayman. Yana bir bor qaytaraman, bu erga g'alabani o'ylab kelgandik. Oldimizda bundan boshqa yo'l ham yo'q edi.



