Aleksandr Vostrikov "Buxoro"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
5 dek 2013
2013 yilgi mavsumni G'uzorning "Sho'rtan" klubida o'tkazgan yarim himoyachi Aleksandr Vostrikov keyingi yil boshqa klubda o'ynashi mumkin.
Futbolchiga "Buxoro" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor. Aleksandr Vostrikovni "Sho'rtan"ga chaqirgan Edgar Gess yaqinda "Buxoro"da ish boshlagani bunga sabab bo'lishi mumkin. Bundan tashqari "Sho'rtan" mavsum yakunlariga ko'ra oliy ligani tark etdi. Katta extimol bilan Vostrikov birinchi ligada o'ynashni istamasligi mumkin.

Bu mavsum futbolchi G'uzor klubi safida 24ta o'yinda (1562 daqiqa) harakat qilib 1ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia