

"Bizga chorak finalda juda kuchli raqib tushdi. "Chonburi" bir necha yillardan buyon klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etib kelmoqda. O'zbekistonda futbolga va xususan futzalga juda katta e'tibor qaratilmoqda. OKMK rahbariyatining hissasi ham beqiyos. Kombinat rahbari Aleksandr Farmanov jamoaga etarlicha g'amxo'rlik ko'rsatmoqda. Muxlislarimizni xursand qilish uchun ertaga g'alaba qozonishga urinamiz.
Tarkibimizda O'zbekiston terma jamoasining ko'plab a'zolari bor. "Chonburi"ni mag'lub etib yarim finalga chiqishga urinamiz.
Arenaga kelgan minglab muxlislar mezbonlarni qo'llab turishadi, shu bois bizga qiyin bo'ladi. Shunga qaramay ertaga g'alabani ko'zlab parketga tushamiz", - deydi Petrov.




