Aleksandr Grigoryan "Paxtakor"ni tark etdi

Aziz Tukhtamuradov
21 avg 2015, 12:10
"Paxtakor" futbol klubi rossiyalik mutaxassis bilan shartnomani ikki tomon roziligi asosida bekor qildi.

Aleksandr Grigoryan klub bilan tuzilgan shartnomani oilaviy sabablarga ko'ra bekor qilishni so'rab, murojaat qildi. Murabbiy yurtimizdagi iqlim uning oilasiga ta’sir qilganini ta'kidladi. Shu tariqa klub va mutaxassis o'rtasidagi shartnoma ikki taraf roziligi bilan bekor qilindi.

"Paxtakor" futbol klubi Aleksandr Grigoryanga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va uning faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pakhtakor.uz