

"Bu tasodifmi? Muhimi bu emas, muhimi terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvda g'alaba qozondi. O'zimga esa zaxiradan maydonga tushib gol urish. Bugun hammamizdan ham muxlislarimiz zo'r "o'ynadilar". Qiyin vaziyatda ham qo'llab quvvatladilar, biz esa ularga g'alabani taqdim etdik. O'yin tempini oshirganimizdan keyin, koreyaliklar himoyada xato qila boshladilar. Bu esa bizga qo'l keldi", - deydi Aleksandr Geynrix.




