Aleksandr Geynrix "Lokomotiv"da qoladigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2014, 10:55
"Lokomotiv" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix o'z faoliyatini "temiryo'lchilar" safida davom ettiradigan bo'ldi.
Bu haqda klubga yaqin insonlar xabar qilishdi. Tajribali hujumchi 2015 yil ham Vadim Abramov jamoasida qolib Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Geynrix 2014 yilgi oliy liganing ikkinchi davrasida "Lokomotiv"ga kelgandi. U 11ta uchrashuvda 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia