Aleksandr Ejov: "Neftchi" bilan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozonmasak bo'lmasdi"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2021, 14:06
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Yangier" (5:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.





"Avvalo yigitlarga ajoyib o'yin va g'alaba uchun minnatdorchilik bildiraman. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. O'ylaymanki, bahs qiziqarli o'tdi. Muxlislarimiz ham xursand bo'lishdi. Futbolchilarim maydonga chiqishdi va o'z ishlarini munosib tarzda bajarishdi. 

Qanotlardan hujumga o'tish va vaziyatlar yaratish borasida mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Hamma narsa birdaniga o'xshab qolmaydi. Bilsangiz ancha vaqtdan beri g'alaba qozona olmayotgandik. Boz ustiga o'z maydonimizda o'ynayapmiz. "Neftchi" bilan o'yindagi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng muxlislarni shod qilish uchun yutmasak bo'lmas edi. Ko'proq hujum qilish va pressing uyushtirishni reja qilgandik. Ammo baribir diqqat-e'tibor yetishmasligi natijasida gol o'tkazib yubordik",- deydi Aleksandr Ejov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia