Aleksander Isak "Arsenal"ga ishora beryaptimi?

Omonjon To`xtamirzayev
17 okt 2024
Shartnomasi muddati yakunlanib borayotgan Isak yangi bitim imzolashga shoshilmayapti.

Shvetsiyalik forvard "Nyukasl"da eng katta maoshga ega bo'lmoqchi. Shuningdek, u bitimga tovon puli bo'yicha band ham qo'shilishini istamoqda. Klub futbolchisining bunday shartlariga qanday javob qaytarishi hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Arsenal" Isak xizmatlariga qiziqish bildirayotgani va vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatayotgani aytilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Алекс Кроок