Aleks Sandro: "Yangi mavsum "Yuve" uchun fantastik o'tadi deb umid qilaman"

21 avg 2015, 00:52
"Yuventus"ning yangi a'zosi Aleks Sandro "Portu"dan turinliklar safiga o'tganini izohladi.


"O'tgan mavsum "Yuventus" uchun fantastik bo'lgandi. Umid qilamanki, bu yili undan ham zo'r o'tadi. Biz o'tgan yili YCHLdan chiqib ketganimizda men yuragimdan "Yuventus"ga muxlislik qilgandim. Bu mavsumda natijalarni yanada yaxshilashga harakat qilamiz.
O'zimni juda yaxshi his etmoqdaman. Men bu yerda baxtliman. O'Z kuimga bo'lgan ishonch ham yuqori. Men uch himoyachi va to'rt himoyachi taktikasida ham o'ynay olaman.
Turinlik muxlislar xotirjam bo'laverishsin, ular uchun maydonda bor kuch-g'ayratimni ishga solaman"
, - deydi Aleks Sandro.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru