Aleks Sandro: “Real” faqat Ronaldudan iborat emas”

Aslanov Jasurbek
30 may 2017, 01:50
“Yuventus” himoyachisi Aleks Sandro “Real”ga qarshi kechadigan YCHL finali oldidan o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

Sandroning so'zlariga qaraganda, “Real” faqat Krishtianu Ronaldudan iborat emas.

“U ajoyib futbolchi. Lekin “Real”ning qolgan o'yinchilarini ham unutmaslik kerak. “Real” faqat Krishtianu Ronaldudan iborat emas. “Qirollik klubi” tarkibida top-futbolchilar etarli va biz ular haqida ham o'ylashimiz lozim”, - dedi braziliyalik himoyachi Football Italia nashriga bergan intervyusida.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif