Aleks Fergyuson: "Jamoaga yomon ta’sir o'tkaza boshlagan futbolchi bilan darhol xayrlashish kerak"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2013, 15:53
"MYU"ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoa bilan ishlash usullari haqida gapirib berdi.

"Agar murabbiy jamoa boshqaruvini to'liq o'z qoliga ololmasa, uzoqqa bormaydi. Futbolchilar sening murabbiy sifatida ular ustidan to'liq nazoratni o'rnatganingni his etishi lozim".

"Hali "Yunayted"ga kelmasimdan oldinoq o'zimga-o'zim jamoada hech kim mendan kuchliroq, ustunroq bo'lishiga yo'l qo'ymayman deb so'z bergandim. Sening shaxsiyating ulardan yuqori turmog'i shart".

"Shunday vaziyatlar bo'ladiki, o'zingga savol berasan, jamoada futbolchilarga yomon ta’sir o'tkazayotgan, muhitni buzayotgan, sening nazoratingdan norozi bo'lgan futbolchi bormi, yo'qmi?"

"Agar shunaqa vaziyat bo'ladigan bo'lsa, unda darhol o'sha futbolchi bilan xayrlashish lozim. U hatto dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'lsa ham". 

Klubning uzoq muddatli rivoji, har qanday shaxsiy narsalardan ustun turadi. Jamoadagi eng asosiy inson esa - murabbiy bo'lmog'i shart".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru