

"Meni noto'g'ri tushunmang, Messi fantastik futbolchi, to'p uning oyog'iga yopishib qolgandek tuyuladi. Ammo u "Barselona"ga mos futbolchi.
Ronalduga keladigan bo'lsak, U "Stokport Kaunti" jamoasida ham xet-trik qayd eta oladi. Unda hamma narsa bor. Krishtianu ikkala oyog'ida bir xil zarba bera oladi, bosh bilan yaxshi o'ynaydi va sher kabi jasur.
Gari Nevill oddiy futbolchidan kuchli o'yinchiga aylanish uchun ko'p mehnat qilgan. Ammo Ronaldu bu ishni har kuni bajaradi va hozir ham shunday. U shunchaki jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lmoqchi" - deydi Fergyuson.



