Alberto Zakkeroni "Beyjing Guan" bosh murabbiyi bo'ladi
Narzulla Saydullayev
1 yanv 2015, 09:47
"Milan", "Lacio", "Inter" va "Yuventus" klublarining sobiq ustozi Alberto Zakkeroni Xitoyning "Beyjing Guan" klubida ish boshlashga yaqin.
"Tuttomercatoweb" nashri xabariga ko'ra, murabbiy ushbu klub bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Zakkeronining "Beyjing Guan" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida rasmiy xabar yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.