

Unga ko'ra "A" guruhidan o'rin olgan mazkur bahsni ispaniyalik Karlos Velasko Karbalo boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Ushbu hakam EVRO-2012 ochilish uchrashuvi bo'lgan Polsha - Gretsiya o'yinida ishlagan. 2011 yil Yevropa ligasi finalini boshqargan, JCH-2014 chorak finali doirasidagi Braziliya - Kolumbiya uchrashuvida hakamlik qilgan.
Albaniya - Shveytsariya
11 iyun. Lans. "Feliks Bollar-Delelis" stadioni
Hakamlar: Karlos Velasko Karbalo, Roberto Alonso, Xuan Yuste
Darvoza ortidagi hakamlar: Xesus Xil Mansano, Karlos del Serro
Zaxira hakami: Pol van Bukel
Zaxira hakami yordamchisi: Ervin Zeynstra
Fransiya - Ruminiya o'rtasidagi ochilish uchrashuvida vengriyalik hakamlar ishlashi haqida oldinroq xabar bergandik.



