Alba safga qaytdi. U "El Klasiko"da o'ynashi mumkin

23 okt 2020, 19:33
Bu haqda "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar qildi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jordi Alba jarohatidan forig' bo'lgan. U bugun jamoaning ummiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etdi. "El Klasiko" uchun e'lon qilingan qaydnomadan joy olgan 31 yoshli ispaniyalik futbolchi ertaga Madridning "Real" klubiga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Alba oktyabr oyining boshida safdan chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com