Alba: "Bu Messi uchun "Kamp Nou"dagi so'nggi o'yin emasligiga umid qilaman"

Alisher
17 may 2021, 17:16
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba La Liga 37-tur "Selta"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi taymni juda yaxshi o'tkazdik, raqibda deyarli vaziyat bo'lmadi. Ammo, ular baribir jarima maydonchasi tashqarisidan gol urishdi. Shundan so'ng vaziyat nazoratdan chiqdi.

Biz to'rtta muhim o'yinni yutmadik - bu sharmandalik. Sababchi biz, o'yinchilar. Aynan biz g'alabaga erisha olmadik.

Umid qilamanki, bu Messining uydagi so'nggi o'yini emas. Qarorni u qabul qiladi", - deydi Alba.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As