

Kecha "Real" Ispaniya chempionatining 5-turida "Betis"ga qarshi bahs o'tkazdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Marselo ushbu uchrashuvda mushagida og'riq sezgani uchun 72-daqiqada almashtirildi. Bugun, 21 sentyabr kuni braziliyalik tibbiy ko'rikdan o'tadi.
"Real" safida Teo Ernandes, Karim Benzema, Mateo Kovachich va Xesus Valexo jarohat olib, ayni damda uni davolashmoqda.



