"Alaniya" RPLga chiqish o'yinlarida ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
29 may 2023
"Alaniya" kelasi mavsum Rossiyaning oliy ligasida o'ynash imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

Rossiya Futbol Ittifoqining klublarni licenziyalash bo'yicha apellyaciya yig'ilishida Vladikavkaz jamoasiga RFI 1 licenziyasini bermaslik qarori o'z kuchida qoldi.

Yig'ilishdan so'ng "Volgar" RFI 1, "Arsenal" esa RFI 2 licenziyasini oladigan bo'ldi.

RPLga chiqish saralash o'yinlarida "Alaniya" o'rniga "Volgar" qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi mavsum "Alaniya" sharafini O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchaev himoya qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: РФИ