"Alaniya" "Pari NN" hujumchisini ijaraga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023, 18:59
"Pari NN" klubi a'zosi Vyacheslav Krotov ijara huquqi asosida "Alaniya"ga o'tdi.

Bu haqida Vladikavkaz klubi telegramdagi kanali orqali xabar berdi. 

Kelishuv qishgacha mo'ljallangan. "Alaniya" safida Krotov 57-raqam ostida harakat qiladi.

30 yoshli forvard faoliyati davomida "Volgar", "Spartak" va "Ufa" klublari sharafini himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Alaniya" safida o'zbekistonlik hujumchi Husayin Norchaev harakat qiladi.

  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Алания" ФК