Alan Shirer: "Angliyada Evroni yutish uchun hozirgidan qulayroq imkoniyat bo'lmagan"

Alisher
30 iyun 2021, 17:16
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer Evro-2020 nimchorak finali doirasida Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan (2:0) so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Qur'a yaxshi bo'lganini aytishim mumkin. Angliyada Evroni yutish uchun hozirgidan qulayroq imkoniyat bo'lmagan. 

Terma jamoa o'yinlarni "Uembli"da, uyda o'tkazdi. Keyingi o'yin safarda bo'ladi. Ammo Angliya finalgacha yetib bora olsa, bu jamoa olti o'yinni "Uembli"da o'tqazishini bildiradi. Bunday atmosferada o'ynash ko'p narsani anglatadi, muxlislar va futbolchilar orasida kontakt bor.

Agar qur'adagi jamoalarni tanlash imkoniyatimiz mumkin bo'lganda, u huddi hozirgiday bo'lardi. O'yindan avval Fransiya yoki Portugaliya bilan to'qnash kelishimiz ehtimoli sabab bizni uzoqqa bora olmaydi, deb hisoblashayotgandi. 

Nima bo'lishini kutish va ko'rish kerak. Biz Germaniyani engdik va buni juda munosib usulda qildik", - deydi Shirer BBC bilan suhbatda.

Evro-2020 chorak finalida Angliyaning raqibi Ukraina termasi bo'lishi ma'lum bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC