Alaba ketma-ket beshinchi marotaba Avstriyada yil futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2015, 15:49
"Bavariya" himoyachisi David Alaba Avstriyada yil futbolchisi deb topildi.

Avstriyalik futbolchi ketma-ket beshinchi marotaba ushbu sovrinni qo'lga kiritmoqda.

"Bu men uchun katta sharaf va meni tanlagan murabbiylardan minnatdorman" - deydi Alaba.

Alaba so'rov natijalariga ko'ra Kievning "Dinamo" himoyachisi Aleksandr Dragovichni ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: APA