Alaba Gnabrini "Real"ga o'tishga ko'ndirmoqda

Alisher
30 mar 2022
"Real"ning avstriyalik himoyachisi David Alaba "Bavariya"ning germaniyalik forvardi Serj Gnabrini Madrid jamoasiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, avstriyalik himoyachi yaqin do'sti va "Bavariya"dagi sobiq sherigini klubini o'zgartirishga va yozda "Real"ga o'tishga ko'ndirmoqda.

Gnabrining o'zi Myunxendagi holatidan juda ham mamnun emas. Forvardning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Serj Gnabri joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern