Bahs yakuniga etganidan so'ng oradan ko'p o'tmay “Al Jaish” “Bunyodkor” ishtirokidagi o'yinlarga texnik mag'lubiyat yozish kerakligi haqida OFKga murojaat qildi. Bunga sabab etib “Bunyodkor” futbolchisi Anvar G'ofurovning bu yilgi OCHLda ikkita klub tarkibida maydonga tushgani ko'rsatilgan.
Yaxshi bilasiz, Anvar G'ofurov shu yilning o'zida dastlab “Lokomotiv” (pley-off), keyin “Bunyodkor” (guruh bosqichi) safida OCHL o'yinlarida maydonga tushdi. Xususan Qatardagi bellashuvda 6-raqamda to'p surgan G'ofurov maydonda to'liq harakat qildi.
“Al Jaish” yozgan shikoyat xatida futbolchining bu yilgi OCHLda ikkita klub tarkibida o'ynagani asos qilib olingan va ularning fikricha, bu yerda reglament buzilgan. Bizga ma'lum bo'lishicha, OFK hozir shu masalani o'rganib chiqyapti.
Xayrulla Xoliqov.