

Birlashgan Arab Amirliklari Pro-Ligasining 4-turida "Al-Shabab" jamoasi safarda "Baniyas" klubi mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Favad Avana tomonidan urilgan golga "Shabab"ning braziliyalik hujumchisi Jo javob berdi.
Hamyurtimiz odatga ko'ra o'yinni to'liq o'tkazdi. "Al Shabab" 8 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. Jamoa keyingi o'yinni 16 oktyabr kuni safarda "Al Jazira"ga qarshi o'tkazadi.
"Baniyas" - "Al-Shabab" 1:1
Gollar: Favad Avana 4 - Jo 80



