"Al Sadd" Xavi bilan muzokaralarda "Barselona"ga ultimatum qo'ydi

Alisher
3 noya 2021, 16:28
"Al Sadd" bosh murabbiy Xavining o'tishi borasida "Barselona"ga yon bosmoqchi emas.

Qatar klubi bitim bo'yicha rasmiy taklifni shaxsan "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta taqdim etishini talab qilmoqda.

Ammo, Kataloniya klubi rahbari "Al Sadd" xo'jayini bilan shaxsiy uchrashuv uchun Doxaga borishni rad etdi. Qatarliklar shuningdek bir million evro miqdoridagi tovon pulini ham so'rashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 27 oktyabr kuni Ronald Kumanni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqardi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS