Al Nassr bomba transferga tayyorgarlik ko'rmoqda

Khoja
14 iyun 2024, 10:33
Liverpul himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Uning xizmatlariga Al Nassr jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ronaldu jamoasi niderlandiyalik futbolchini dunyodagi eng ko'p haq oladigan himoyachiga aylantirmoqchi. Liverpul esa kelasi yil shartnomasi yakunlanadigan futbolchisi uchun taxminan 60 million evro ishlab olishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Virjil van Deyk Liverpulga 2018 yilning yanvar oyida kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com