“Al-Nasr” sariq, “Bunyodkor” oq libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2016
“Al-Nasr” – “Bunyodkor” bahsi oldidan har ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda jamoalarning ertangi uchrashuvda qanday rangli liboslarda harakat qilishi ham aniqlandi. Unga ko'ra, “Al-Nasr” futbolchilari sariq, darvozaboni qora rangli kiyimlarda harakat qiladi. “Bunyodkor” esa oq rangli libosda ko'rinish beradi. Posbonimiz esa ko'k rangli kiyimlarni kiyadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi 1-turi doirasidagi “Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi 23 fevral kuni Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan 22:15da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com