“Al-Jayish”da durang, Rashidovda 90 daqiqa

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2017
Qatar Yulduzlar ligasida 15-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi safarda “Al Xor” bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Rashidov uchrashuvda to'liq o'ynadi. Chempionatning 15-turidan so'ng “Al-Jayish” 31 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.


Qatar Yulduzlar Ligasi. 15-tur
"AL XOR" - “AL-JAYISH” 0:0




Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia