"Al Ittihod" Salohning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda

Administrator
10 fev 2026, 21:28
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh yozda Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishi mumkin.

Foot Mercato ma'lumotiga ko'ra, misrlik futbolchining agenti bilan "Al Ittihod" muzokaralar olib bormoqda. Takidlanishicha, Saloh "Al Ittihod"ga o'tish masalasida o'tgan yilga qaraganda ancha ochiqroq munosabatda. Hozirda ikki tomon transfer masalasi ustida ishlamoqda.

Salohning "Liverpul" bilan shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi. Joriy mavsumda 33 yoshli vinger APLning 17 ta o'yinida 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Foot Mercato