"Al Ittihod" Galyardoning shtabiga taxminan 30 mln evro tovon puli to'laydi

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2024, 17:29
"Al Ittihod" Marselo Galyardoning murabbiylar shtabiga 30 million evro tovon puli to'lashi ma'lum bo'ldi.

Klub mavsum davomida mutaxassis bilan shartnoma imzoladi, biroq chempionat tugashiga uch tur qolganida u ishdan bo'shatildi. Argentinalik murabbiy 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan bitimni bekor qilish shartlari kelishib olinmagani uchun jamoani boshqarishda davom etdi.

Galyardo boshchiligidagi shtabda etti nafar mutaxassis bor. Hozircha ular bilan kelishuv bekor qilinmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca