Al-Husseyn FIFA prezidentligiga nomzodlar qatorida bo'ladi

3 iyun 2015, 07:35
Iordaniya shahzodasi Al-Husseyn FIFA prezidentligi uchun bo'ladigan saylovda yana o'z nomzodini qo'yadi.

Al Husseyn yaqindagina o'tkazilgan FIFA prezidentiligi uchun saylovda Blatterning yagona raqibi bo'lgan edi. Biroq Iordaniya shahzodasi birinchi raundda imkoniyatni boy berganidan so'ng o'z nomzodini olib tashlagandi. Shundan so'ng Yozef Blatter beshinchi marotaba FIFA prezidenti sifatida ish boshlagandi.

FIFA prezidentligi uchun bo'ladigan saylov dekabrdan-martga qadar bo'lishi ma'lum qilinmoqda. Unda Blatterning o'rniga keladigan prezident nomi ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Yozef Blatter 1998 yildan buyon FIFAga bosh rahbar bo'lib kelmoqda.

Manba: sports.ru