"Al Hilol"ga o'tishi kutilayotgan Verratti bilan "Al Ahli" muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
1 avg 2023, 20:09
"Al Ahli" PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti bilan shartnoma imzolamoqchi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, "Al Ahli" PSJ bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Agarda ishlar tezlashmasa, saudiyaliklar bosh murabbiyi Mattias Yayssle yarim himoyachi bilan aloqaga chiqishni istamoqda.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, PSJ Verratti borasida "Al Hilol" bilan muzokaralar olib bormoqda. 30 yoshli yarim himoyachi bilan klub 3 yillik shartnoma imzolab, yiliga 20 mln evro maosh berishni reja qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe