“Al Hilol” “Zenit” yetakchisiga 40 million beradi

Alisher
19 iyul 2023
Saudiya Arabistonning “Al Hilol” jamoasi “Zenit” yetakchisi Malkom uchun 40 million evro to'laydi.

26 yoshli futbolchi klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi yiliga 10-12 million evro atrofida bo'ladi. Braziliyalik shu haftada tibbiy tekshiruvdan o'tadi va “Al Hilol” bilan shartnoma tuzadi.

 Malkom o'tgan mavsumda “Zenit” safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 7 ta golga assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com