"Al Hilol" "Sevilya" hujumchisi uchun 45 mln evro to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
30 iyul 2023, 12:35
"Sevilya" hujumchisi Yussef En-Neseri "Al Hilol" qiziqishlari doirasida.

Saudiya Arabistoni klubi hujumchi uchun 45 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Shuningdek, marokashlik forvard Osiyoda 3 mavsum davomida shuncha mablag'ni maosh sifatida qabul qilib oladi.

"Al Hilol" bunga qadar "Fulxem"dan Aleksandar Mitrovichni tarkibiga qo'shib olishga harakat qildi, biroq bu transfer amalga oshmadi. Endi En-Neseri asosiy maqsad qilib qo'yilgan.

O'tgan mavsumda En-Neseri "Sevilya"ning LaLigadagi eng yaxshi to'purari bo'ldi. U chempionatning 31 o'yinida 8 to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As