

28 yoshli italiyalikka “Al Hilol” qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar futbolchi uchun Turin klubiga yaxshigina summa taklif qilishdi. Biroq, Belottining o'zi Yaqin Sharqqa yo'l olishni xohlamayapti. Avvalroq, u “Nyukasl”ga o'tishni ham istamagandi.
Italiya TJ a'zosi joriy mavsum klub libosida 10 o'yinda qatnashib, 2+1 natijaga erishdi. Uning transfer narxi esa 28 mln evroga baholanmoqda.


