"Al-Garafa"da yangi bosh murabbiy

Alisher
17 iyun 2019, 10:28
Serbiyalik mutaxassis Slavisha Yokanovich Qatarning "Al-Garafa" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Jamoa va murabbiy o'rtasida yuqori standartlar bo'ladi. Shunday ekan men uchun "Al-Garafa"da ishlash sharafdir", - deydi Yokanovich.

Yokanovich futbolchilik faoliyati davomida "Chelsi"da ham o'ynagan.

2014-2015 yillarda "Uotford"da ishlagan. Uning so'nggi ish joyi esa Londonning "Fulxem" (2015-2018) klubi bo'lgan.

U shuningdek 1999/00 yilgi mavsumda "Deportivo" bilan La Liga g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/algharafaclub