"Al Garafa" Ispaniya chempionatidan himoyachi xarid qildi

Alisher
29 iyul 2019, 15:25
"Real Sosedad" va Meksika terma jamoasi himoyachisi Ektor Moreno faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Futbolchi faoliyatini "Al Garafa"da davom ettiradigan bo'ldi. Bitim shartlari ma'lum qilinmayapti.

Bu haqda arab klubi rasmiy "Twitter" sahifasi xabar tarqatdi.

31 yoshli o'yinchi "Real Sosedad"dan oldin "UNAM Pumas", AZ, "Espanol", PSV va "Roma" klublarida o'ynagan.

Moreno 2007 yildan beri Meksika terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/algharafaclub