“Al Faysali” dushanba kuni Qarshiga keladi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018, 09:00
“Al Faysali” klubi kecha Toshkentga kelgani haqida xabar berilgan edi. Mehmonlar kechaning o'zida “Bunyodkor” akademiyasi maydonida mashg'ulot ham o'tkazishgan.

Ammanliklarning rejalari bo'yicha bugun Qarshiga kelishlari kutilayotgan edi. Ammo ularning rejasi o'zgarib qoldi. “Al Faysali” delegaciyasi, 29 yanvar dushanba kuni kunduz soat 13:30da havo yo'li orqali, Toshkentdan Qarshiga keladigan bo'ldi.

Shu bois, “Nasaf” - “Al Faysali” uchrashuvidan oldin o'tkaziladigan rasmiy tadbirlar dushanba kunining ikkinchi yarmida o'tkaziladi. O'yinoldi rasmiy tadbirlarning aniq vaqti keyinroq ma'lum qilinadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz