“Al-Fath” ichki musobaqalarni yakunladi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2014
6 aprel kuni 2013/2014 yillardagi Saudiya Arabistoni chempionati uchrashuvlariga yakun yasaldi.
Chempionatning so'nggi turida “Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasidagi raqibi – “Al-Fath” klubi o'z maydonida poytaxtning “Al-Hilol” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Nosir Al-Shamroni tomonidan kiritilgan gol ar-riyodliklarga uch ochko keltirdi.

Shu tariqa, 2013/2014 yillardagi Saudiya Arabistoni chempionati uchrashuvlari yakunlandi. Musobaqa yakuniga ko'ra, “Al-Nasr” oltin, “Al-Hilol” kumush, “Al-Ahli” bronza medallarini qo'lga kiritdi. “Al-Fath” esa 10-o'rin bilan cheklandi. Pro-ligani Dammamning ikki jamoasi “Al-Ittifoq” va “Al-Nahda” jamoalari tark etishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com