"Al Duhayl" Manjukichdan so'ng yana bir "Yuventus" hujumchisini xarid qiladi

Alisher
6 yanv 2020, 10:51
Transfer huquqi "Kalyari"ga tegishli bo'lgan "Yuventus" forvardi Xan Kvan Son "Al Duhayl"ga o'tishga yaqin.

"Al Duhayl"da hozirda "Yuventus"dan o'tgan Mario Manjukich va Medxi Benatiyalar o'ynamoqda.

21 yoshli shimoliy koreyalik o'yinchi Qatar klubida tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi.

"Yuventus" ushbu futbolchining transfer huquqini sardiniyaliklardan sotib olib, "Al Duhayl"ga sotib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Xan Kvan Son Italiyada 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. U A Seriyada gol urgan ilk shimoliy koreyalik futbolchiga aylandi. Ammo, "Yuventus"ning asosiy jamoasida o'yin o'tkazmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com