"Al Ayn" - "Nasaf". "Ajdarlar" safida 3 nafar futbolchi maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2024, 16:19
Ertaga, 21 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi javob bahslar bo'lib o'tadi.

O'zbekistonning "Nasaf" klubi safarda BAAning "Al Ayn" klubi mehmoni bo'ladi.

Mazkur bahsda jarohatlari bois darvozabon Umidjon Ergashev, yarim himoyachilar Islom Kenjaboev va Oybek Bozorov ishtirok eta olishmaydi. Ergashev va Kenjaboev Qarshidagi o'yinda ham maydonga tusha olishmagandi, Bozorov esa asosiy tarkibga kiritilgandi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia