"Al Ayn" klubi "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan Liga kubogi yarim final o'yinida g'alaba qozondi

Administrator
9 fev 2024, 21:03
BAA klubning keyingi raqibi Qarshining "Nasaf" klubi bo'ladi.

Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi OCHL pley-off o'yinidan oldingi uchrashuvda g'alaba qozondi. BAA Liga kubogi yarim final bosqichining ilk o'yinida "Ittihod Kalba" klubiga qarshi maydonga tushgan "Al Ayn" 2:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Gollarga Sofian Rahimi va  Al Balushilar mualliflik qilishdi. Endi "Al Ayn" klubi O'zbekistonga safar qiladi va Qarshi "Markaziy" stadionida "Nasaf" klubi bilan OCHL bahsida qatnashadi.

 "Ittihod Kalba" - "Al Ayn" 0:2

Gollar: Sofian Rahimi, Al Balushi


Mahalliy chempionatning 12 turidan so'ng "Al Ayn" jamoasi 25 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Klub birinchi o'rindagi "Al Vasl"dan 5 ochko kamroq to'plagan. 

Ma'lumot uchun, "Nasaf" va "Al Ayn" o'rtasidagi OCHL pley-off bosqichidagi birinchi o'yin 14 fevral kuni Qarshi shahrida o'tkaziladi. Javob bahsi 21 fevral sanasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia