"Al Ahli" Rojer Ibanes transferini rasman e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
11 avg 2023
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi matubot xizmati "Roma" va Braziliya termasi himoyachisi Rojer Ibanes transferini rasman e'lon qildi.

Kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Insayder Fabricio Romanoning xabar qilishicha transfer summasi 28 mln evro + 3 mln bonusni tashkil qiladi. Shuningdek, Rim klubi 24 yoshli braziliyalikning keyingi transfer summasidan 20%ga egalik qiladi.

Eslatib o'tamiz, Ibanes "Roma" safida 149 ta o'yinda maydonga tushgan (9 ta gol va 2 ta golli uzatma).


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia