Aksel Vitsel: "O'z orzuimizni amalga oshirishga harakat qilamiz"

3 iyul 2014, 00:49
Belgiya yarim himoyachisi Argentinaga qarshi chorak final o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Argentina ajoyib jamoa. Ularni tarkibida bir qator kuchli futbolchilar to'p surishadi. Messi, Iguain, Di Mariya kabi futbolchilar yuqori saviyali ijrochilar sanalishadi. Bizda ham bu darajadagi futbolchilar etarli. Biz Argentinadan qo'rqmaymiz va albatta faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Hozircha o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik. Yangi marralarni zabt etish esa doimo yoqimli bo'lgan.  Chempion bo'lamizmi yo'qmi bilmadim-u, ammo o'yindan-o'yinga natijalarni yaxshilab borish qo'limizdan keladi. Bu orqali o'z orzuimizni amalga oshirishga harakat qilamiz.


Manba: sports.ru