O'zbekiston chempionatining may oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida 1 avgust, payshanba kuni boshlangan so'rovnoma 7 avgust, chorshanba kuni yakuniga etdi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, jurnalistlar jami 10 nafar murabbiy va 14 nafar futbolchiga ovoz berishdi.
Oy o'yinchisi nomi uchun kurashda Lokomotiv yarim himoyachisi Akmal Xolmatovga teng keladigan futbolchiga topilmadi. Iyul oyida, jumladan, Bunyodkorga qarshi O'zbekiston Kubogi yarim final dastlabki o'yinida chiroyli gol urishga muvaffaq bo'lgan Xolmatov asosiy taqibchilari – Bunyodkor yarim himoyachisi Oleg Zoteev va Olmaliq hujumchisi Zafar Polvonovni 6 ochko farq bilan ortda qoldirdi.
Qayd etish joiz, Xolmatov birinchi marta oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'layotgani yo'q. Ayni vaqtda Lokomotiv tarkibidagi ishonchli ham chiroyli o'yini bilan ajralib turgan tajribali futbolchi aprel oyi yakunlari bo'yicha o'tkazilgan so'rovnomada ham tengsiz bo'lgandi.
Oy murabbiyi nomi uchun kurash nisbatan keskinroq kechdi va bunda Nasaf bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Lokomotiv ustozi Hakim Fuzaylovdan bir ochkoga o'zib kyetib, ketma-ket uchinchi marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Takidlash joiz, so'nggi o'yinlarda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Berdiev shogirdlari Oliy Liga peshqadamlari – Bunyodkor va Lokomotivga deyarli yetib olib, chempionlik intrigasini yanada kuchaytirishdi.
Oy murabbiyini aniqlash yuzasidan o'tkazilgan so'rovnomada Olmaliq bosh murabbiyi Igor Shkvirin uchinchi bo'ldi. Kuchli beshlikda Buxoro ustozi Tachmurad Agamuradov hamda mart va aprel oylarida oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Bunyodkor bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham o'rin olgan.
Ma'lumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.
Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi iyul oyi kuchli beshligi:
1. Akmal Xolmatov (Lokomotiv) – 20 ball.
2. Oleg Zoteev (Bunyodkor) – 14 ball.
3. Zafar Polvonov (Olmaliq) – 14 ball.
4. Sardor Mirzaev (Neftchi) – 12 ball.
5. Artur Gevorkyan (Nasaf), Abdurazzoq Jo'raev (Navbahor) – 7 ball.
Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi iyul oyi beshligi:
1. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 25 ball.
2. Hakim Fuzaylov (Lokomotiv) – 24 ball.
3. Igor Shkvirin (Olmaliq) – 13 ball.
4. Tachmurad Agamuradov (Buxoro) – 11 ball.
5. Mirjalol Qosimov (Bunyodkor) – 7 ball.