
- Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz yo'qotilgan bo'lsa-da, ertangi uchrashuvni biz uchun muhim deb hisoblagan bo'lardim. “Bunyodkor” musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilmoqda. O'zbekiston va Eron terma jamoalari va klublari doimo o'zaro raqobat qilib kelishgan. O'zaro o'yinlar statistikasiga putur etkazmoqchi emasmiz, aksincha ko'rsatkichni yaxshilash niyatidamiz. O'ylaymanki, “Persepolis”ni mag'lubiyatga uchratishga kuchimiz etadi va bunga ishonamiz, - deydi Akmal Shorahmedov.