

"Bugungi o'yin biz uchun ham, yurtimiz uchun ham juda muhim edi. Keyingi yillarda OCHLda klublarimiz soni ko'proq bo'lishi uchun guruh bosqichiga chiqishimiz shart edi. Endi guruhdan chiqish uchun yanada qattiqroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak".
"Guruh bosqichidan chiqish uchun deyarli har bir o'yinda yutishimiz kerak. Nasib qilsa O'zbekiston uchun ham muhim ochkolarni keltiramiz. Yosh futbolchilar Osiyo chempionlar ligasida ikkinchi yil qatnashishadi. Bu yil osonroq bo'ladi", - deydi Akmal Shorahmedov.




