

O'yin oldidan navoiyliklar himoyachisi Akmal Rustamov fikrlari bilan qiziqdik.
- Oxirgi turda Farg'onadan muhim g'alaba bilan qaytgandik, - deydi Akmal Rustamov. - Mavsumni o'z maydonimizda yakunlaymiz. So'nggi turda “So'g'diyona” jamoasi bilan kuch sinashamiz. Jizzaxda birinchi davrada 1:1 hisobida durang o'ynagandik. Unda beri ancha vaqt o'tdi. Davralar oralig'ida har ikki jamoa tarkibida ham bir qator o'zgarishlar yuz berdi. Bugun qanday bo'lmasin o'z muxlislarimiz qarshisida faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Muhimi, mavsumni ko'tarinki ruhda yakunlash uchun jamoadoshlarim bor mahoratlarini ishga solishga shay turishibdi.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.



